
Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichining 2-turida Senegal va Kongo DR terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Kongo DR terma jamoasi 61-daqiqada Sedrik Bakambu tomonidan kiritilgan gol evaziga oldinga o‘tib oldi. Senegalliklar oradan 8 daqiqa o‘tib Sadio Manening goli evaziga javob to‘pini kiritishdi.
Ikki turdan so‘ng Senegal (4) D guruhida peshqadamlik qilmoqda. Kongo DR esa 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Guruhli turnirning so‘nggi turida Senegal terma jamoasi Benin bilan, Kongo DR esa Botsvana bilan kuch sinashadi. Har ikki o‘yin 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Senegal - Kongo DR - 1:1
27 dekabr, 20:00. Tagier Grand Stadium (Tanjer)
Gollar: Bakambu, 61 (0:1). Mane, 69 (1:1)
Senegal: Mendi, Kulibali, Niakate, Yakobs, Diatta, I.G. Gey, P. Gey (Kamara, 82), Ndiay (Sabali, 89), Mane, Sarr (Mbay, 62), Djekson (Diallo, 82)
Kongo DR: Mpasi-Nzau, Tuanzebe, Mbemba, Masuaku (J. Kayembe, 73), Van-Bissaka, Mutussami, Mukau (E. Kayembe, 73), Sadiki, Elia (Balikvisha, 87), Bongonda (Mbyukyu, 66), Bakambu (Mayele, 66)
Ogohlantirishlar: P. Gey, 28