
"Jamoamizning himoya qo'rg'onida o'zining ishonchli va sifatli o'yini bilan jamoamizning chempion bo'lishiga munosib hissa qo'shgan tajribali himoyachi Muhsin Ubaydullaev navbatdagi ikki mavsumda jamoamiz safida faoliyat olib boradi.
Muhsin Ubaydullaev ushbu mavsumda Superliga doirasida 27 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2387 daqiqa harakat qilgan. Uning barqaror va professional o'yini jamoaning himoya chizig'ini mustahkamlaydi va raqiblarga qarshi ishonchli o'yin namoyish etadi.
Ishonamizki, Muhsin Ubaydullaev yangi mavsumda ham jamoamiz tarkibida ishonchli o'yini bilan muxlislarni xursand etishda davom etadi va jamoaning yuksak maqsadlariga erishishda muhim rol o'ynaydi", - deb yoziladi klub bayonotida.