
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta chap qanot himoyachisi poziciyasidagi ehtimoliy nishonlarni kuzatishda davom etmoqda va 19 yoshli italiyalik futbolchi yanvar oyidagi short-listga kiritildi. "Milan" futbolchini 45 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.
Shuningdek, futbolchiga "Manchester Siti" va "Real" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Bartesagi 2025/26 yilgi mavsumda 13 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Milan" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 18 million evroga baholagan.