iks
ads

“Guliston” qayta tiklandi. Jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan

  • Mr.NoBoDy 28.12.2025 13:16
  • 1080
  • 30

2026 yildan boshlab “Guliston” futbol klubi Birinchi ligadagi ishtirokini boshlaydi.

Dekabr oyining boshida PFL rahbariyati va viloyat hokimi Erkinjon Turdimov klubning iqtiqboli bo'yicha uchrashishgandi. “Guliston” katta maqsadlar sari harakat qilishni boshladi. 

Natijada viloyat hokimi tashabbusida klub prezidenti lavozimiga Oybek Shodmonqulov Ashurmatov tayinlandi. Viloyatning sobiq hokimi jamoa Oliy Ligada (hozirgi Superligada) ishtirok etgan vaqtida rahbarlik qilgan edi. Aynan ular klub prezidenti lavozimida ish boshladi. Klub direktori lavozimida “Nasaf” bilan OFK kubogi sohibiga aylangan Jahongir Jiyamurodov taklif etilgan. Bosh murabbiy sifatida mahalliy mutaxassis OFK instruktori Abbosbek Ergashev, yordamchi sifatida Meksika va Turkiya yashil maydonida o'tkazilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi mundiallar qahramonlaridan biri Abbosbek Mahstaliev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Zafar Qoraqulovlar ish boshlagan. 

Dekabr oyida yig'in boshlagan gulistonliklar “Sirdaryo FA” (5:0) va “Olimpik-Mobiuz” (3:1) jamoalariga nazorat uchrashuvlarida ishtirok etdi. Hozirda jamoa mashg'ulotlarida Azamat Abdullaev, Shohnazar Norbekov, Muhammad Isaev, Shahzod G'ofurbekov, Azamat Ahmedov, Ixtiyor Toshpo'latov va boshqa o'yinchilarni uchratish mumkin. 

Jamoa selekciya ishlarini davom ettirgan holda tarkibni bosqichma bosqich kuchaytirish vazifasi o'z oldiga maqsad qilgan. Yanvardagi yig'in davomida jamoa nazorat uchrashuvlarida ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Maqsad jamoani bosqichma bosqich Superligaga olib chiqish. Bu yo'lda jamoada katta ishlar olib borilayotganini takidlash mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi yig'in va selekciya ishlari bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi. 

“Dastlabki yig'inimizda 40 nafarga yaqin futbolchilar ishtirok etdi. O'ylaymanki, hammasi murabbiylar shtabining rejasidek davom etdi. Selekciya ishlarimiz mavsum startiga qadar davom etadi. Sifatli va jamoaga yordam bera oladigan yigitlarni tanlashimiz kerak. Chunki maqsadimiz katta. Bu yo'lda yaxshi jamoani shakllantirishimiz shart. Qanchadur foiz sirdaryolik yana qanchadur foiz boshqa viloyatlik o'yinchilarni olamiz degan tushuncha noto'g'ri. Klubning o'z qoidalari bor. Birinchi navbatda tartib intizom masalasiga etibor beriladi”, - dedi Ergashev.


Ўхшаш янгиликлар