"Siti"ning ikki o'yinchisi besh yildan so'ng ilk bor "shaharliklar" safida Angliya chempioni bo'lolmaydi

  • Mr.NoBoDy 15.04.2025 15:48
  • 114
  • 30

Angliya Premer-ligasining 32-turi yakunlariga ko'ra amaldagi chempion "Manchester Siti" ushbu mavsum chempionlik unvonini himoya qilish uchun matematik imkoniyatini yo'qotdi.

Chempionat tugashiga olti tur qolganida "shaharliklar"ning 55 ochkosi bor va "Siti" qolgan o'yinlarda eng ko'pi bilan 73 ochko to'plashi mumkin. Peshqadam "Liverpul"da esa allaqachon 76 ochko mavjud.

"Siti" oxirgi marta 2020 yil Angliya chempioni bo'lmagandi. O'shandan beri "shaharliklar" APLda ketma-ket to'rt marta g'alaba qozonib, rekord o'rnatdi.

Bundan tashqari, joriy mavsum "Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash uchun Angliyada chempionlik unvonisiz yakunlanadigan birinchi mavsum bo'ladi. Ruben Diash "Manchester Siti"ga 2020 yil kuzida kelgandi.

Xuddi shunday holat "shaharliklar"ning boshqa himoyachisi Natan Ake bilan ham kuzatilmoqda, u ham 2020 yilda "Siti"ga o'tgandi.

2021 yildan keyin "Siti"ga qo'shilgan boshqa futbolchilar ham "shaharliklar" safida to'rt yoki undan kam mavsum o'tkazib, birinchi marta Angliya Premer-ligasi chempionlik unvonisiz mavsumni yakunlaydi. Ular orasida Jek Grilish, Manuel Akanji, Erling Holand, Shtefan Ortega va so'nggi ikki yil ichida klubga kelgan yangi futbolchilar bor.

Ўхшаш янгиликлар