«Shaharliklar» yozdagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi. Ular «Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olmoqchi. «Siti» rahbariyati ushbu futbolchi bo'yicha «o'rmonchilar» bilan dastlabki muzokaralarni boshlash arafasida. Avvalroq, «Nottingem Forest» o'z etakchisini 100 million evrodan qimmatroqqa sotishga tayyorligini malum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Morgan Gibbs-Uayt joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.