“Biz hammamiz tengmiz” shiori ostida futbol festivali o‘tkazildi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2025 12:05
  • 102
  • 30

Bugun Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli maxsus ehtiyojli bolalar maktabida OFK tashabbusi bilan “Biz hammamiz tengmiz” shiori ostida futbol festivali boʻlib oʻtdi. Unda OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite hamda terma jamoa futbolchilari ishtirok etib, bolalarga esdalik sovgʻalari topshirdi.

Bolalarning yuzidagi quvonch va samimiy hissiyotlar – bunday tashabbuslarning naqadar muhimligini yana bir bor tasdiqladi. Festival sport, mehr-oqibat va birdamlik bayramiga aylandi. Quvonchli va iliq muhitda bolalar qiziqarli futbol oʻyinlari, estafeta va interaktiv sport musobaqalarida ishtirok etishdi. Har bir bola oʻzini katta futbol oilasining bir boʻlagi sifatida his qildi.

Ўхшаш янгиликлар