AFA rahbari Argentina terma jamoasi yana jahon chempionatida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirmoqda.
“Biz yana jahon chempioni bo‘lamiz, menda shubha yo‘q, men bu yigitlarga, murabbiylar shtabiga ishonaman va ular bor kuchlarini berishlarini bilaman.
Bu dunyoga biz argentinaliklar xohlagan vaqtda nimaga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatishning bir usuli bo‘lar edi", dedi Tapiya.
Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.