iks
ads

FIFA Series 2026 musobaqalaridan biri O‘zbekistonda o‘tkaziladi

  • Mr.NoBoDy 21.11.2025 18:44
  • 73
  • 30

FIFA 2026 yil mart-aprel oyidagi xalqaro oynasi doirasida "FIFA Series 2026" mini-musobaqalari uchun mezbon mamlakatlar nomini e’lon qildi.

Erkaklar o‘rtasidagi FIFA Series quyidagi mamlakatlarda o‘tkaziladi:

O‘zbekiston, Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda.

FIFA tarqatgan xabarga ko‘ra, "FIFA Series" turnirlari milliy assosiasiyalarga bir qator muhim afzalliklar beradi:

— Texnik o‘sish: yangi o‘yin uslublari va taktik yondashuvlar bilan yuzma-yuz kelish orqali rivojlanish.
— Tijorat imkoniyatlari: yangi bozorlar hamda rivojlanayotgan futbol mamlakatlari uchun ko‘proq imijga ega bo‘lish.
— Madaniy almashinuv: futbolning yagona tili orqali jahon bo‘ylab xalqlarni bog‘lash.

2022 yil dekabrida FIFA Kengashi tomonidan tasdiqlangan FIFA Series, shuningdek, futbol infratuzilmasini rivojlantirayotgan mamlakatlarga yirik musobaqalar sharoitiga yaqin bo‘lgan xalqaro o‘yin tajribasini berilishiga yordam beradi. Bu texnik va tashkiliy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ўхшаш янгиликлар