Messi terma jamoa o‘yinlariga chaqirilmadi

  • Mr.NoBoDy 17.03.2025 21:11
  • 54
  • 30

Argentina terma jamoasining yulduz hujumchisi Lionel Messi terma jamoaning JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Urugvay va Braziliyaga qarshi o‘yinlar qaydnomasidan o‘rin olmadi.

Ba’zi OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yulduz hujumchining Argentina terma jamoasining yakuniy ro‘yxatiga kiritilmaganiga futbolchi MLSning "Atlanta Yunayted"ga qarshi o‘yinida olgan jarohati sabab bo‘lgan.

Argentina terma jamoasi safida Lionel Messi JCH-2026 saralashining Janubiy Amerika bosqichi doirasida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, oltita gol urishga va uchta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni vaqtda Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashining Janubiy Amerika bosqichida 12 o‘yinda 25 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар