Superliga. "Sho'rtan" – "Mashal" 0:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 19.04.2025 19:48
  • 171
  • 30

Superliga 6-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Mashal" uchrashuvi davom etmoqda.

Superliga

6-tur

"Sho'rtan" – "Mashal" 0:1 (LIVE)

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00

Gol: Sardor Abduraimov 78'

Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Sardor Umrzoqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR:: Asker Najafaliev

AVAR: Adham Rixsiboev

Komissar: Feruz G'aniev

"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 8.Shahboz Nuriddinov (19.Nuriddin Hasanov, 75), 10.Temur Mamasidiqov, 11.Daler Sharipov, 15.Jo'rabek Mannonov (22.Sardor Sadullaev, 75), 24.Doniyorjon Narzullaev (21.Murodxo'ja Jabborov, 75), 33.Bekjon Rahmatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 77.Asadbek Saitxonov.

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 17.Javohir Hasanov, 47.Asilbek Anvarov, 70.Mirjalol Jumaev, 99.Komron Saydazimov.

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 2.Mudasiru Salifu (8.Sardor Abduraimov, 46), 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 9.Ibrohim G'anixonov (7.Islombek Baratov, 55), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev (22.Nurjahon Muzaffarov, 73), 96.Ibrohim No'monov. 

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 17.Anvar Murodov, 18.Dilshod Rahmatullaev, 19.Islom Sharipov, 30.Shohnazar Norbekov, 34.Shahboz Jo'raev.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Xudayberdiev (13), Azizbek Pirmuhammadov (21), Sherzod Fayziev (45+5), Shahboz Nuriddinov (53).

SAHIFANI YANGILASH




79. Zarba! Islombek Baratovning erlatib yo'llagan zarbasidan so'ng Eshbo'taev to'pni egalladi. 

78. GOL! Murtozaevning bosh bilan bergan zarbasidan qaytgan to'pni Sardor Abduraimov darvozaga kiritdi – 0:1! 

75. "Sho'rtan"da 3 ta o'zgarish: Mannonov o'rniga Sadullaev, Narzullaev o'rniga Jabborov, Nuriddinov o'rniga Nuriddin Hasanov maydonga tushdi.  

74. Abduraimovning bosh bilan bergan zarbasidan keyin yana Eshbo'taev to'pga egalik qildi. To'g'ri, bu gal zarba ancha kuschiz edi. 

73. "Mashal"da o'zgarish: Fayziev o'rniga Muzaffarov tushirildi. 

72. Uuuux! Abduraimovning yaqin masofadan bergan zarbasini Eshbo'taev qaytardi! Qanday vaziyat!

70. Zarba! Murtozaevning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

67. Narzullaevning qanotdan oshirib bergan to'pini mudofaa vakillari uzoqlashtirishdi. 

64. Zarbaaa! Mamasidiqovning o'ng oyoqdagi xavfli zarbasini Hamroev bartaraf etdi! Texnik zarba va chiroyli seyv! 

60. Uuux! Ibrohim No'monov qanotdan oshirib berilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishiga bir baxya qoldi. 

55. "Mashal"da almashtirish: Ibrohim G'anixonov o'rniga Islombek Baratov o'yinga qo'shildi. 

53. Shahboz Nuriddinov taktik folga qo'l urgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

52. Zarbaa! Daler Sharipovning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

50. Mannonov maydon markazida Ibrohim No'monovni ushlab qoldi, hakam jarima belgiladi. 

49. Zarbaaa! Asadbek Saitxonovning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin Hamroev to'pni ushlab oldi, zarba sal kuchsizroq chiqib qoldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Mashal"da o'zgarish: Salifu o'rniga Abduraimov bahsni davom ettiradi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+5. Sherzod Fayziev maydon markazida Daler Sharipovga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

45+1. Zarbaaaa! Ibrohim No'monovning chamasi 20 metrdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Ulug'bek Xudayberdiev Murtozaevdan to'pni tortib oldi va oldinga qarab tepdi, to'p hujumchiga tegib maydondan chiqib ketdi, erkin zarba. 

39. Asadbek Saitxonov Sherzod Fayzievga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. U bu orqali ehtimoliy hujumni bartaraf etdi. 

38. Himoyachi Shoxjahon Sultonmurodov uddaburonlik qilib to'pni muborakliklar hujumchisi orqali maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

35. "Mashal" 3 ga 2 bo'lgan holda oldinga borib hatto zarba berishning uddasidan chiqmadi. Murtozaev to'pni o'ng qanotdagi G'anixonovga uzatdi, u esa chap oyoqdagi zarbasi orqali himoyachini poylab qo'ya qoldi. 

32. Shahboz Nuriddinovning jarimadan bergan zarbasidan so'ng to'p uning sherigiga tegib qoldi, shu bois o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

31. Salifu jarima maydonchasi chizig'i yaqinida Mamasidiqovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima zarbasi. 

29. Zarba! Murtozaevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Eshbo'taev to'pni ilib olishga erishdi. 

27. Bekjon Rahmatov havodagi kurashda biroz jabr chekdi, hakam uning holidan xabar oldi. 

24. Uuuux! Doniyor Narzullaev Shoxruhjon Eshbo'taevning uzun pasidan keyin darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib borib, noaniq zarba berdi. To'p darvozaga kirganida, g'uzorliklar posboni assistentga aylanib ketishi mumkin edi. 

21. Pirmuhammadov G'anixonovga nisbatan qoidani buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

20. VAR bosh hakamga qoida buzish yo'qligini malum qildi. 

19. Mamasidiqovning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichida turgan hujumchi Sharipov maydonga yiqildi, ammo o'yin davom etmoqda.

17. Temur Mamasidiqovda tibbiy yordamga muhtojlik sezildi. Bosh hakam shifokorlarni chaqirdi. Takroriy lavhaga ko'ra, Avazxon Mamatxo'jaev uning oyog'ini bosib olgan ekan. 

15. Zarba! Salifuning chap oyoqda uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

13. Maydon markaziga yaqin hududda Murtozaevga nisbatan qo'pol harakat qilgan Ulug'bek Xudayberdiev ogohlantirildi. 

12. Uuux! Azizbek Pirmuhammadovning qanotdan oshirib bergan pasidan so'ng Doniyor Narzullaev darvozani poylashga urindi, biroq to'pga ulgurmadi. Sal turib bu holat ofsayd sifatida baholandi.

9. Humoyun Murtozaevga yaxshi uzatma kelayotgandi, ammo himoyachilar sergaklik ko'rsatib, to'pni uzoqlashtirishdi. 

6. "Sho'rtan" himoyachisi pas berish chog'ida to'pni oldirishiga bir baxya qoldi, to'p darvozabonga qadar etib keldi. 

3. Jamoalar uchrashuvni yuqori tempda boshladi. Ayniqsa, mezbon "Sho'rtan" dastlabki soniyalardanoq ustunlikni qo'lga olishga urinmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar