Remzi bosh murabbiy Omer Rizaning o'rnini egallaydi va uch o'yinda o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatadi.
Remzi joriy mavsum "qaldirg'ochlar" safida 10 ta o'yinda ishtirok etgan.
Hozirda "Kardiff" 42 ochko bilan Chempionship turnir jadvalida 23-o'rinda turibdi.
Aaron Remzi – "Kardiff" tarbiyalanuvchisi. Faoliyatining asosiy qismini London "Arsenal"ida o'tkazgan. 2008-2019 yillarda "to'pchilar" safida 262 o'yin o'tkazib, 40 ta gol urgan. Shundan so'ng "Yuventus" va "Reynjers" kabi klublarda harakat qilgan.