O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi, futbolchilari va ikki nafar sharhlovchi faxriy unvon va medallarga ega bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 15:40
  • 99
  • 30

Prezident Shavkat Mirziyoev "Futbol bo'yicha o'n etti yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi o'yinlari g'oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to'g'risida"gi farmonni imzoladi.

O'zining yorqin istedodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini ko'rsatgani, Osiyo kubogini qo'lga kiritib, o'zbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochgani, shuningdek, Yangi O'zbekistonning jahon miqyosidagi obro'-etiborini yuksaltirish, yosh avlodni milliy g'urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishida faol ishtirok etib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:  

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Ismoilov Islombek Murodbek o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiysi


«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdukarimov Miraziz Erkin o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Abdullaev Faridjon Nodirjon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Abdumo'minov Azizbek Ikromjon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Aliev Asilbek Ravshanjon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Baxodirxonov Muminxon Issoxon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Botiraliev Hojiakbar Xayrullo o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Erimbetov Azizbek Muxammed Ali uli - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Izbaskanov Baxadir Maxsetbaevich - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Muradov Amirxon Shuxrat o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Musaxanov Muhammadali Alijonovich - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Muhammadov Akbar Alisherovich - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Rustamjonov Nematulloh Shuhratjon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Rustamov Jamshidbek Abrorjon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Saidmurodov Behro'z G'ayrat o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Sarsenbaev Nurbek Raxatovich - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Fazliddinov Abdulloh Zayliddin o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Xakimov Muhammad Ulug'bek o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Xasanov Sadriddin Zayniddin o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Habibullaev Muhammad Qodirjon o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Shokirov Ibroxim Jamshid o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi

Shukurullaev Abubakir Aziz o'g'li - Futbol bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi


«Shuhrat» medali bilan

Djuraev Otabek Rustamovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi

Tolipov Orifjon Boxodirovich - O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi «Futbol TV» telekanali muharriri

Ўхшаш янгиликлар