Insayder Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Braziliya futbol konfederaciyasi (CBF) 15 iyun kuni AQSHda boshlanadigan klublar o'rtasidagi JCH oldidan Karlo Anchelottini tayinlashdan manfaatdor.
Qayd etilishicha, CBF vakillari allaqachon Madridga etib borgan va u erda italiyalik murabbiy bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Ularning maqsadi – xalqaro klublar turniri oldidan Anchelottini terma jamoani boshqarishga ko'ndirish.
Avvalroq tajribali mutaxassis kelajagi haqidagi savolga javob berishni istamagan edi.