Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ BAAga ertaroq yo'l oladi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 19:40
  • 111
  • 30

Superliganing 2025 yilgi mavsumiga ko'ra 29 ta tur juma, shanba va yakshanba kunlariga to'g'ri kelgan.

Yani PFL joriy mavsum muxlislar va klublar uchun haqiqiy uikend qilib bergan. Faqatgina 1 ta tur 30-31 avgust sanalariga to'g'ri kelib qolgani uchun shanba va yakshanbadan qochilgan. 

Bunga asosiy sabab sifatida O'FA joriy mavsum O'zbekistonda katta musobaqalar o'tkazmayotganini keltirish mumkin. Avvalroq PFL ham aynan shu kabi musobaqalar ham taqvim, ham maydonlar masalasida Superliga katta tasir o'tkazishini ko'p bor takidlagan. 

Aslida 2025 yil O'FA tomonidan taqvimga ortiqcha putur etkazilmagan ilk mavsum sifatida tarixda qolishi mumkin edi. Biroq bizgacha etib kelgan malumotlarga ko'ra, O'FA taklifi bilan Superliga 12-turi keyinroqqa qoldiriladi va Timur Kapadze BAA bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun Dubayga ertaroq yo'l oladi. PFL mazkur tashabbusni faqatgina mahalliy futbolchilar emas, legionerlar ham terma lageriga ertaroq etib kelayotgani uchun qo'llab-quvvatlagan. Evropada mavsum may oyi so'ngida yakuniga etishidan kelib chiqib, barcha legionerlar terma ixtiyoriga ertaroq etib kelishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni JCH 3-saralash bosqichi 9-turi doirasida BAAga safar uyushtiradi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu-Dabidagi "Al Nahayyon" stadionida boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар