"Manchester Yunayted" antirekordlarni yangiladi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 16:56
  • 87
  • 30

Angliya Premer-ligasining 33-turida “Vulverxempton”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU yana ikkita yangi antirekord o'rnatdi.

Birinchidan, "Vulverxempton" 1979/80 yildan beri birinchi marta bir mavsumda "Manchester Yunayted"ni ikki marta mag'lub etdi. Ikkinchidan, "Manchester Yunayted" APLda birinchi marta mavsum davomida 15 ta o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

"Manchester Yunayted" joriy chempionatda 8 ta o'yinda imkoniyatni boy berdi. Bu 1962/63 yilgi mavsumdan beri kuzatilgan eng yomon natija.

Kecha MYU o'z maydonida "Vulverxempton"ga minimal 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona golni o'yinning 77-daqiqasida Sarabiya urdi. 

"Manchester Yunayted" Premer-liganing ketma-ket to'rtta o'yinida g'alaba qozona olmadi. "Qizil iblislar" ligada so'nggi bor 16 mart kuni "Lester" ustidan g'alaba qozongan edi.

MYU keyingi tur safarda "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa 33-turdan so'ng 38 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар