Angliya grandlari Rodrigoga qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 17:24
  • 108
  • 30

"Real" vingeri Rodrigo Silva La Ligani tark etib, APL klubiga o'tishi mumkin.

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchiga Angliyaning bir qancha jamoalari, jumladan, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va Londonning "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Ko'klar" rahbariyati raqiblaridan o'zib ketishga intilmoqda va futbolchining transferi bo'yicha taklif tayyorlab qo'ygan. Londonliklar braziliyalik uchun 100 mln evrodan ko'proq taklif qilishga tayyor.

Ўхшаш янгиликлар