Rim Papasi 21 aprel kuni 89 yoshida vafot etdi. Fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati bo'yicha portfelsiz Italiya vazirining bergan malumotiga ko'ra, shanba kuniga belgilangan barcha sport tadbirlari boshqa kunga qoldiriladi.
26 aprel kuni A Seriya doirasida "Komo" – "Jenoa", "Inter" – "Roma" va "Lacio" – "Parma" bahslari o'tkazilishi reja qilingandi. Ushbu uchrashuvlar boshqa kunda o'tkaziladi.