Portugaliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubining sobiq futbolchisi Luish Figu Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirilishi kutilayotganiga izoh berdi.
"U [jahon chempionatida] asosiy o‘yinchi bo‘lishi mumkin. O‘ylaymanki, biz kutamiz va kuzatamiz kerak. Lekin Krishtianu dunyo uchun o‘rnak — u har doim hamma uchun ochiq, professional va iqtidorli futbolchi.
Shuningdek, u har doim gol ura oladi, deb o‘ylayman. Hatto 40 yoshda ham, 42 yoshda ham u baribir gol uradi. Bu gollar hal qiluvchi bo‘ladimi yoki yo‘q — bilmadim, kutamiz va ko‘ramiz. Biz, portugallar, ular doim hal qiluvchi bo‘ladi, deb umid qilamiz”, – deya Luish Figu so‘zlarini keltiradi GOAL.
Krishtianu Ronaldu milliy termalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — u Portugaliya termasi safida 136 ta gol urgan. Hozirda 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda Ronaldu klub darajasida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda ishtirok etgan va 32 ta gol urgan.