Argentinalik futbolchi Madrid klubidagi kelajagiga shubha bilan qarayotgani aytilmoqda. Gap shundaki, hujumchi "matraschilar"ning bu mavsumdagi o'yinidan hafsalasi pir bo'ldi.
Xulian Alvares joriy mavsum "Atletiko" safida 49 ta o'yin o'tkazib, ularda 26 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Avvalroq OAVda Alvaresga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari ko'z tikayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Atletiko" futbolchining huquqlarini 2024 yilning yozida sotib olgandi. Madridliklar "Manchester Siti"ga 75 mln evro to'lagan (Transfermarkt malumotlari).