«Biz oxirgi daqiqalarda gol urishga o'rganmaganmiz! «Liverpul» odatda oxirgi daqiqalarda gol uradi. Biz bunga o'rganmaganmiz, shuning uchun men juda xursandman. «Aston Villa» hozir Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri.
Biz juda yaxshi o'ynadik. Ular bahsda tajovuzkor va aql bovar qilmaydigan darajada himoyalanishdi. Juda xursandman.
Futbol hissiyotlardan iborat. Oxirgi ikki o'yin shu qadar og'ir kechdiki, men futbolchilarimdan mamnunman», — dedi Gvardiola.