Janubiy Afrika futbolida fojia sodir bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 24.04.2025 19:22
  • 72
  • 30

Janubiy Afrika futbolidan qayg‘uli xabar - "Durban Siti" himoyachisi 22 yoshli Sinamandla Zondi "Milford"ga qarshi o‘yin oldidan chigalyozdi mashg‘ulotlari paytida bexosdan yiqilib tushib, halok bo‘ldi.

Bu Janubiy Afrika chempionatining yigirma oltinchi turi oldidan sodir bo‘ldi. Uchrashuv boshlandi, biroq shifoxona futbolchining o‘limi haqida xabar bergach, u to‘xtatildi.

Fojianing boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmagan. Zondi joriy mavsumda yigirma to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgandi.

Ўхшаш янгиликлар