Vinisius Ronaldu kabi maosh olishni istamoqda

  • Mr.NoBoDy 24.04.2025 21:48
  • 99
  • 30

Vinisius Junior "Real"da eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin.

“The Athletic” nashrining yozishicha, “Real” vingeri klub bilan “tarixiy” shartlarda yangi shartnoma imzolamoqchi. Braziliyalik futbolchi Madrid klubi ilgari Krishtianu Ronalduga to'lagan miqdorga yaqin daromad olishni xohlamoqda. Portugaliyalik yulduz klub tarixidagi eng ko'p maosh olgan futbolchi bo'lgan.

Gap qo'shimcha bonuslar va shartnoma uzaytirilgani uchun to'lanadigan pulni hisobga olgan holda yillik taxminan 30 million evro haqida ketmoqda. Biroq "Real" hozircha buni istayotgani yo'q.

Ўхшаш янгиликлар