Uchrashuvning birinchi bo'limida «Al Oruba» 2 ta gol urishga erishdi. Ikkinchi bo'lim so'nggida esa «Al Fayha» mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
O'zbekiston terma jamoasi azosi Otabek Shukurov bahsning ilk daqiqalardan harakat qildi va uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiraga olindi.
Saudiya pro ligasi. 29-tur
Al Oruba — Al Fayha 2:2
24 aprel, «Al-Jouf University Stadium»
Gollar: As Soma (11, penalti), Az Zubaydi (18) — Kaabi (61), Lopes (90+6).