Xummels "Borussiya"ga qaytadi va klublar o'rtasidagi JЧda ishtirok etadi

  • Mr.NoBoDy 25.04.2025 13:00
  • 135
  • 30

Italiyaning "Roma" klubi himoyachisi sobiq jamoasi "Borussiya" Dortmundga qaytishi aytilmoqda.

Nemis OAVning yozishicha, germaniyalik futbolchi yaqin vaqt ichida "qovog'arilar" safiga qo'shiladi va ular uchun iyun oyida AQШda boshlanadigan klublar o'rtasidagi JЧda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

"Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mats 2024 yildan buyon "Roma"da o'ynab kelmoqda. U 2009-2016 va 2019-2024 yillarda "Borussiya"da harakat qilgan.

Xummels 2010 yildan 2023 yilgacha Germaniya terma jamoasida o'ynagan va 2014 yil Braziliyada jahon chempioni bo'lgan.

Ўхшаш янгиликлар