"Barselona" - "Real" o'yini bosh hakami final oldidan matbuot anjumanida yig'lab yubordi

  • Mr.NoBoDy 25.04.2025 22:16
  • 111
  • 30

Ispaniya Kubogi finalini boshqarib boradigan hakam Rikardo De Burgos Bengoechea "Real" o'z televideniesi orqali o'tkazayotgan bosim haqida gapirdi va matbuot anjumanida yig'lab yubordi.

Oldinroq "Real" matbuot xizmati aynan ushbu hakamning raqiblari foydasiga chiqarilgan xato qarorlar borasidagi video lavhalarni ommaga taqdim qilgandi.

"Qachonki o'g'lingiz maktabdan ko'z yoshi bilan kelib, unga maktabidagilar otasi "o'g'ri" ekan deb aytishganini bilish juda og'ir. Men shunchaki o'z o'g'limga otasi hamma sportchi qatori xato qilishi mumkin bo'lgan oddiy, lekin haqiqatparvar inson deb tushuntirishga, tarbiyalashga harakat qilyapman.

Bu juda og'ir, biroq kimnidir aylab ham bo'lmaydi. Qachonki faoliyatimni yakunlaganimda o'g'lim mendan faxrlanishini, hakamlik esa qadriyatlarimizni belgilab berishini istayman.

Hamkasblarim his qilayotgan narsalar - adolatsizlik. Bu faqatgina professional darajaga emas, balki, o'smirlar va yoshlar futboliga ham tegishli. Har bir inson qaysi yo'nalishda ketayotganini bilishi, sportdan, futboldan nima istayotganini tushunishi kerak", - dedi Rikardo De Burgos Bengoechea.

Ўхшаш янгиликлар