MYU afsonasi professional MMAda debyut qiladi. U ilk raqibi sifatida Barselona afsonasini ko'rmoqda

  • Mr.NoBoDy 26.04.2025 10:40
  • 138
  • 30

Manchester Yunaytedning sobiq himoyachisi Patris Evra 23 may kuni Parijda bo'lib o'tadigan PFL promoshenida MMAda debyut jangini o'tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.

Patrisning raqibi nomi hozircha elon qilinmagan, ammo sportchining o'zi urugvaylik mashhur futbolchi Luis Suaresni oktagonning qarama-qarshi burchagida ko'rishni xohlashini takidlagan.

«PFL'dagi ilk jangimga rasman tayyorgarlik ko'ryapman. Ular menga raqib tanlaydilar. Ular kim bilan uchrashmoqchi ekanligimni so'rashdi, men Luis Suares bilan jang qilish niyatida ekanligimni malum qildim. Buning uchun o'zim pul berishga ham tayyorman», — dedi Evra.

Evra va Suares o'rtasidagi mojaroga bu yil 14 yil to'ldi. O'shanda «Manchester Yunayted» — «Liverpul» uchrashuvidan so'ng Patris urugvaylik uni «negr» deb ataganini malum qilgan. O'shanda futbol associaciyasi Suaresni 40 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortgan va sakkizta o'yinga diskvalifikaciya qilgan.

Ўхшаш янгиликлар