Unda "Al Hilol" markazlashgan tarzda o'tayotgan pley-off bosqichida Janubiy Koreyaning "Kvanju" jamoasi bilan kuch sinashdi va 7:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'llanma oldi. Ushbu bosqichda javob o'yinlari yo'q. "Al Hilol"ning raqibi "Al Ahli" - "Buriram Yunayted" o'yinidan keyin aniq bo'ladi.
Yarim final o'yinlari 29-30 aprel kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.