Ronaldu “An-Nassr” bilan yangi shartnoma tuzsa daqiqasiga 5,6 mln so‘m ishlab topishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 25.04.2025 23:55
  • 147
  • 30

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi bilan yangi shartnoma tuzish arafasida turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yiliga 171 mln funt sterling (227 mln 802 ming dollar) maosh oladi.

40 yoshli hujumchining maoshi vaqt hisobida bo‘lib chiqilsa quyidagicha bo‘ladi:

— Har oy 14 289 000 funt (246 mlrd 051,7 mln so‘m);
— Har hafta 3 298 000 funt (56 mlrd 790,4 mln so‘m);
— Har kuni 471 000 funt (8 mlrd 110,4 mln so‘m);
— Har soatda 19 600 funt (337,5 mln so‘m);
— Har daqiqada 327 funt (5,6 mln so‘m);
— Har soniyada 5,45 funt (93 ming 847 so‘m).

Ma’lumot uchun, Krishtianu “An-Nasr” safida 2023 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар