Xaver Tebas: "Peres shikoyat qilmaydi, tahdid qiladi"

  • Mr.NoBoDy 26.04.2025 00:16
  • 183
  • 30

LaLiga prezidenti Xaver Tebas bugungi voqeliklar haqida post qoldirdi.

"Bu futbol emas, hokimiyat: Tebas Peresga yoqmaydi, chunki Xaver u istagan ishlarni qilmaydi. Чeferin Peresga yoqmaydi, chunki Aleksandr u istagan ishlarni qilmaydi. Louzan (RFEF Prezidenti) Peresga yoqmaydi, chunki Rafael ham u istagan ishlarni qilmaydi. Televizor sharhlovchilari ham Peresga yoqmaydi, chunki sharhlovchilar Peres xohlagandek sharhlamaydi. Peresga hakamlik islohoti ham yoqmaydi. Чunki bu islohot uning xohishlariga mos kelmaydi.

"Real Madrid TV"dagi videolardan keyin hakamlar doimiy taqiblardan charchashdi.

Matbuot anjumani bekor qilindi. Mashg'ulot bekor qilindi. Kubok finalidagi barcha rasmiy tadbirlar bekor qilindi. Kubok finalida ishtirok etmasligi mumkin.

U qanaqa nozik odam? U norozilik bildirmaydi, bosim o'tkazadi. U shikoyat qilmaydi, tahdid qiladi. U bahslashmaydi, jazolaydi. U futbolni yaxshilashni istamaydi, o'zining futboli yaxshi bo'lishini xohlaydi. Eng xavflisi, u bunga urinishi emas. Eng xavflisi — ko'pchilik bunga yo'l qo'yayotgani, uni qo'llab-quvvatlayotgani va yordam berayotgani", - deb yozadi Tebas o'z ijtimoiy tarmog'ida.

Ўхшаш янгиликлар