33 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlangach, "shaharliklar" safini tark etadi.
"Men [De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmaslik] sababini allaqachon tushuntirganman", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Avvalroq ispaniyalik mutaxassis 33 yoshli yarim himoyachi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmaslik futbolchining emas, klubning qarori ekanini malum qilgandi.
De Bryuyne "Manchester Siti" safida 2015 yildan buyon harakat qilmoqda. Futbolchi bu vaqt ichida barcha turnirlarda 417 ta o'yinda maydonga tushib, 107 ta gol va 177 ta golli uzatmani amalga oshirdi.