Superliga. "Qo'qon-1912" – "Xorazm" 1:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 26.04.2025 18:56
  • 108
  • 30

Superliga 7-turidan o'rin egallagan bahs davom etmoqda.

Superliga

7-tur

"Qo'qon-1912" – "Xorazm" 1:0 (LIVE)

Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 18:00

Gol: Шahzod Beshimov penalti 44'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyor Шavkatov

Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: G'ayrat Jo'raev

Komissar: Oybek Davletmuratov

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 7.Шota Gvazava, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Шahzod Beshimov, 19.Шahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Bekjon Jo'raboev, 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk.

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 5.Jasurbek Yoqubov, 9.Javohir Husanov, 10.Husniddin G'ofurov, 14.Jasur Xolto'raev, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

"Xorazm": 12.Sardor Qobuljonov, 5.Dilshod Jo'raev, 8.Xazratjon Tursunqulov, 10.Murodbek Bobojonov, 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov, 77.Sunnatulla Abdullajonov, 88.Abror Xo'sinov (66.Ilhomjon Alijonov, 39), 94.Rustamjon Abduhamidov.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshanbek Sultanov, 7.Temurbek Ismailov, 9.Jasur Azimov, 18.Francis Narx, 20.Danila Ejov, 22.Sanjar Шoahmedov, 99.Шahrom Samiev.

Ogohlantirish: Bekjon Jo'raboev (34).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILAШ



Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!

45+1. Dostonbek Tursunov Beshimovni turtib yubordi. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi va hech kimni jazolamadi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. GOL! Beshimov penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0!

42. Penalti! Beshimov birga-bir holatda Qobuljonov tomonidan yiqitildi. U darvozabonni aldab o'tgandi. 

39. "Xorazm"da o'zgarish: jarohatlangan Xo'sinov o'rniga Alijonov tushirildi. 

38. Xo'sinov Isaqov bilan jiddiy to'qnashib ketib o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. 

35. Uuux! Iminovning jarima zarbasdan oshirib bergan to'pini Toshtemirov o'z darvozasiga to'g'rilab yuborishiga bir baxya qoldi, Isaqov qutqardi. 

34. Bekjon Jo'raboev Abduhamidovga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

33. Zarbaaa! Bekjon Jo'raboev chap oyoqda erlatib yo'llagan zarbasi ancha xavfli ko'rindi. 

30. Giorgadze Iminovning oyog'ini bosib oldi. Шifokorlar ungi tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. 

27. Uuuux! Bobojonovning bosh bilan bergan qulay pasidan keyin Tursunqulov yaqin masofadan xavfli, ammo noaniq zarba ijro etdi. 

26. Iminovning aqlli pasidan so'ng Abduhamidov to'pga ulgurmadi va himoyachi qarshiligiga uchradi. 

22. Zarbaaaa! Bobojonovning bosh bilan yo'llagan zarbasini Azizxon Isaqov bartaraf etdi. Yaxshi zarba, chiroyli seyv! 

21. Zarba! Toshpo'latovning "aut"dan oshirib bergan pasidan keyin Vladimir Bubanya oyog'i bilan xavfsiz zarba berdi.  

18. Zarba! Asliddin Toshtemirov olisdan xavfli, ammo noaniq zarba yo'lladi.  

16. Hasanovning uzatmasidan keyin Beshimov bosh bilan zarba berishning uddasidan chiqolmadi. To'p sal teparoqdan o'tib ketdi. 

15. Abdullajonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p maydonni tark etdi. 

12. Uuux! Muhammadanov Hasanovning burchak zarbasidan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegdi.  

8. Xorazmliklarning hujumi yakuniga etmay qoldi. Giorgadze jamoasi joniga ora kirdi. 

6. Ixtiyor Toshpo'latov maydon markazida Kondratyuk bilan to'qnashib ketdi va maydonda qimiralmasdan yotibdi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. 

3. Egor Kondratyuk o'ng qanot orqali jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va noaniq zarbaga mualliflik qildi.  

1. Bahs boshlandi!

- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар