Sergey Lebedev: "Tarkibda rotaciyalarni amalga oshirib turamiz"

  • Mr.NoBoDy 26.04.2025 21:48
  • 99
  • 30

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Jayxun" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi darajadagi va chiroyli o'yin guvohiga aylandik. Har ikki jamoa zo'r o'ynadi. Natija har doim muhim. Ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi, lekin futbolda doim bir tomon yutuqqa erishadi.

- Hujumchilar Bahodir Abduvaliev va Riza Ayvazovlarning zaxirada qolganliklariga sabab nima?

- Tarkibda rotaciyalarni amalga oshirib turamiz. Muhimi natija.

- Demak, bu sizning bugungi o'yinga tanlagan uslubingiz edimi?

- Шunday. Natija uchun harakat qildik. Buning hech qanday yomon tomoni yo'q.

- Pro-liga doirasidagi birinchi g'alaba qo'lga kiritildi. Sizni va jamoangizni ilk 3 ochko bilan tabriklaymiz.

- Raxmat etibor uchun. Navbatdagi o'yinlarda ham g'alaba qozonib, klubimiz rahbariyati, jamoamiz azolari va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар