A Seriya. "Milan", "Yuventus" va "Napoli" ishonchli g'alabaga erishdi, "Atalanta" esa o'z uyida "Lechche"ni enga olmadi

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 02:00
  • 156
  • 30

Bugun Italiya A Seriyasi 34-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tadi.

"Milan" o'yinning boshida va oxirida bittadan gol urib g'alabaga erishdi. Gollarni Kristian Pulishich (5) va Santiago Ximenes (90+6) mualliflik qildi.


Match-senterda ochish




"Yuventus" esa birinchi taymning o'zida ikkita gol urdi: Nikolas Gonsales (11) va Randal Kolo Muani (33). Ammo, jamoa taym so'nggida bir kishi kam bo'lib qoldi, Kenan Yildiz maydondan chetlatildi. Шunga qaramay, ikkinchi bo'limda to'plar kiritilmadi.


Match-senterda ochish




Neapolliklar esa Skott Maktomineyning dubli evaziga Turinning "Torino" jamoasini Neapolda mag'lub etishdi.


Match-senterda ochish




29-daqiqada Yesper Karlsson penaltidan hisobni ochdi. "Atalanta" ham 69-daqiqada penalti evaziga hisobni tenglashtirdi (Mateo Retege), ammo g'alaba uchun boshqa to'p kirita olmadi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар