Tarixiy yutuq: Arne Slot Angliya chempionatida g'olib chiqqan birinchi niderlandiyalik murabbiy bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 28.04.2025 11:32
  • 75
  • 30

27 aprel kuni "Liverpul" Angliya Premer-ligasining 35-turi doirasida o'z maydonida "Tottenxem"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, muddatidan oldin chempionlik unvonini qo'lga kiritdi.

O'yin yakuniga ko'ra, mersisaydliklar 82 ochko to'plab, turnir jadvalidagi eng yaqin raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirib ketdi.

Ushbu titul "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot uchun Angliya Premer-ligasidagi ilk sovrin bo'ldi. Niderlandiyalik mutaxassis 2024 yil yozida klubni boshqarishni boshlagandi. U Premer-ligada g'olib bo'lgan birinchi niderlandiyalik murabbiy sifatida Angliya futboli tarixiga kirdi.

"Liverpul" bundan oldingi chempionlikni 2019/20 yilgi mavsumda Yurgen Klopp boshchiligida qo'lga kiritgan edi. Slotning kelishi bilan klub ingliz futbolining cho'qqisiga qaytdi hamda butun mavsum davomida yuqori darajadagi o'yin tashkil etishi va barqaror natijalar ko'rsatishi bilan ajralib turdi.

Ўхшаш янгиликлар