"Шo'rtan"ga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Xudoga shukr, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Stadiondan kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdik. Qo'limizdan kelganini amalga oshirib, ularni xursand qildik degan umiddaman.
Gol urib olgach, sustlashdikka yo'l qo'ydik deya olmayman. Sababi vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutdik. Raqib yaxshi himoyalandi. O'n kishi himoyada yotib olgandan keyin bunday mudofaani yorib o'tish qiyinchilik tug'diradi. To'p nazorati bizda edi, fursat kelishini kutdik, ammo vaziyatlarni yakunlash ko'ngildagidek bo'lmadi. Asosiysi, g'alaba qozondik. Mavsum boshida yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirishga harakat qilyapmiz.
"Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev bizni doim qo'llab-quvvatlaydi. "Neftchi"ga qarshi o'yindan oldingi yig'ilishda "Yigitlar, g'alaba qozonishimiz kerak, biz "Paxtakor"miz, brend jamoaga aylanganmiz, bunday darajada yurish bizga xos emas", deya motivaciya berdi", dedi 24 yoshli futbolchi.