Muzaffar Olimjonov: "Mazkur o'yindagi g'alaba bilan barcha aybimizni yuvdik deb o'ylayman"

  • Mr.NoBoDy 29.04.2025 12:56
  • 75
  • 30

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – OKMK (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Muzaffar Olimjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rdik. Шu bois, O'zbekiston kubogi 2-tur uchrashuvida asosiy tarkib futbolchilari ishtirok etishmadi. G'alaba qoznish uchun barcha kuchni ishga soldik. Golli uzatmaga kelsak, shunchaki o'xshab qoldi.

Murabbiy maydonda erkin harakat qilishimizga ruxsat bergan, bizga xotirjam o'yin namoyish etishni uqtiradi. Xato qilishdan qo'rqmanglar deydi. 

Hech qanday jamoada ideallik mavjud emas. Bazi o'yinlarda gol urish qiyin. Masalan, "Qizilqum"ga qarshi o'yinda raqib jamoa futbolchilari yotib olish evaziga vaqt cho'zib, qolaversa, o'z yarimmaydonida 11 kishi himoyalanib, vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini murakkablashtirdi.

Mazkur o'yindagi g'alaba bilan barcha aybimizni yuvdik deb o'ylayman. Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, yaxshi natijalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz", dedi 23 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар