"Gyokereshning transferi? U bilan bu haqda gaplashmaganman. Agarda u ECHLda o'ynash uchun "Yunayted"ga o'tadigan bo'lsa, bunaqasi kerakmas. Bizga biror turnir uchun keladiganlar emas, MYU libosida o'ynashni istaydiganlar kerak", - dedi Amorim.
Gyokeresh 2023 yil yozidan 2024 yil noyabriga qadar Amorim qo'l ostida o'ynadi va shu davr mobaynida 67 golga mualliflik qildi.
Amorimning "Sporting"dan ketishi ham uning to'purarligiga tasir qilmadi. U chempionat tugashiga 3 tur qolganida "Oltin butsa" uchun kurashda Muhammad Salohdan o'tib ketdi.