Ulug'bek Bakaev "Buxoro"dagi faoliyatini davom ettiradimi?

  • Mr.NoBoDy 02.05.2025 12:48
  • 108
  • 30

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev jamoadagi faoliyatini davom ettiradi.

Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.

"So'ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaevning taqdiri borasida ko'plab xabarlar tarqaldi. "Buxoro" ushbu holat bo'yicha quyidagilarni malum qiladi.

Jamoamizning turnir jadvalidagi hozirgi holati muxlislarimizni xavotirga solayotgani bor gap. Shu o'rinda, chempionatdagi o'yinlar hali oldinda ekanligi va yaqin taqibchilar bilan oradagi farq katta emasligini inobatga olib, jamoamiz rahbariyati Ulug'bek Istamovichga ishonishda davom etadi. Bundan tashqari, klub va murabbiylar shtabi o'rtasidagi munosabatlar ijobiy ko'rinishda ekanligini malum qilamiz. 

3 may kuniga belgilangan "Mashal"ga qarshi o'yinda jamoamizni Ulug'bek Bakaev tayyorlamoqda. Vakillarimiz mazkur bahsda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushadi", – deyiladi klub rasmiy munosabatida.

Avvalroq mutaxassis Superliga 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Buxoro" (3:0) bellashuvidan keyin rahbariyatdan istefo so'ragan edi.

Ўхшаш янгиликлар