"Siz "Barselona" kabi o'ynasangiz, stadionlar hech qachon bo'sh qolmaydi. Natija qanday bo'lishi muhim emas. "Barselona"ni sevadigan odamlar qanchalik faxrlanishayotganini qarang", – dedi murabbiy.
Gvardiola kataloniyaliklarning raqiblarini ham maqtab, 2022/23 yilgi Chempionlar Ligasi finalini, "Siti" "Inter"ni mag'lub etganini esladi.
"Menimcha, "Inter" qanchalik kuchli jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi, bu biz Chempionlar Ligasida mag'lub etgan o'shi "Inter". Ular ajoyib himoyalanishadi va jismonan baquvvat", – dedi u.
Jamoalar durang o'ynadi va ikkinchi o'yinda final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. "Juzeppe Meacca" stadionida o'tadigan bellashuv 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.