Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi
O‘smirlarimiz Toshkent viloyatida 3-may kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi. Oldinda turgan muhim musobaqa — FIFA U-17 Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, yosh futbolchilarning bor e’tiborini mashgʻulotlarga qaratishni ta‘minlash maqsadida yigʻin yopiq formatda tashkil etiladi. Mashg‘ulot jarayonlari OʻFA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.