Ro'ziqul Berdiev: "Ochko yo'qotishga haqli edik"

  • Mr.NoBoDy 02.05.2025 21:32
  • 150
  • 30

Superliganing 8-turi doirasida "Xorazm"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ochko yo'qotishga haqli edik. O'zimiz o'ylagan o'yinni ko'rsata olmadik. Raqib bizdan ko'ra ko'proq vaziyat yaratdi va bizdan ko'ra yaxshiroq ko'rindi. Yigitlarimning bugungi o'yinga ruhiy tayyorgarligi yaxshi bo'lmagandir. Bugun ochko yo'qotishimizning bir necha omillari bor. Yana bir bor aytaman, bugun biz ochko yo'qotishga mos o'yin namoyish qildik.

- "Xorazm" jamoasining Superligadagi o'yinlarini kuzatgansiz. Jamoaning o'yinlariga qanday baho berasiz?

- Tajribali jamoa yig'ildi. Tarkibdagi barcha futbolchilar bugunga qadar ham yaxshi faoliyat olib borishgan, bugun ular buni isbotlashdi. Menimcha ular bir-birini tushunib olishlari uchun vaqt kerak. Shu orqali ularning o'yinlari yaxshilanib boradi. Tajribali futbolchilar hali o'z darajasini ko'rsata oladi. Xorazmga futbol qaytgani juda yoqimli. Agarda ular o'z o'yinlarini uylarida o'tkazadigan bo'lsa, yanada yoqimliroq, futbol muxlislari uchun esa yaxshiroq bo'lardi. 

Ўхшаш янгиликлар