- O'yin haqida avvalo shuni aytishim mumkin, bugun amaldagi chempionga qarshi bahs olib bordik. "Nasaf" juda yaxshi shakllangan jamoa va ular bilan oson bo'lmasligini bilardik. Futbolchilarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman. To'g'ri, xatolar bo'ldi, chunki "Nasaf"dek jamoa baribir xato qilishga undaydi. Ammo durang uchun xursandmiz, buning uchun shogirdlarimga rahmat. O'yindan va natijadan qoniqdim. Bugun yutishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Yakunda esa bahs 1:1 hisobida yakun topdi. Og'ir o'yindan keyin futbolchilarda charchoq ko'rindi. Hechqisi yo'q, dam olib keyingi uchrashuvga hozirlik ko'rishni boshlaymiz.
- "Xorazm" jamoasi keyingi o'yinlarga jismonan tayyormi?
- Navbatdagi uchrashuvni 11 may kuni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazamiz. Oldinda hali 9 kun borligini hisobga olsak, o'ylaymanki, etarlicha dam olish va bu o'yinga tayyorgarlik uchun vaqtimiz bo'ladi. Eng avvalo biz uchun tezroq tiklanib olish zarur. Shundan so'ng mashg'ulotlarga va o'yinimizni yanada yaxshilashga etibor qaratamiz. Jamoamizning jismoniy holati yomon emas, faqat bazi o'yinlar tig'iz paytga to'g'ri kelib qolgani uchun biroz charchoq sezildi. O'ylaymanki, tez orada bu charchoq ham ortda qoladi.