"Messi o‘ziga boshqa klub topsin", - "Inter Mayami" muxlisi

  • Mr.NoBoDy 03.05.2025 13:11
  • 114
  • 30

Shu haftada "Inter Mayami" KONKAKAF Chempionlar ligasi yarim finalida "Vankuver"ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.

Muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Amerika jamoasi muxlislari klub futbolchilari haqida tanqidiy fikrlar bildirib, Lionel Messiga ham ta’sir o‘tkazishdi.

"Men Messining ketishini istayman. Leo jamoaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. O‘ziga boshqa klub topsin. Bizga nafaqadagi futbolchilar emas, sovrinlar kerak," - deb yozadi ThePessiLad niki ostidagi foydalanuvchi.

"Messi va qariya Suaresning yig‘isini jin ursin," - deya Laisser Maeda yulduzlarini tanqid qiladi.

"Messining ketishi haqidagi xabarni kutamiz," - deb yozdi Kody Cicale.

Lionel 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. 37 yoshli argentinalikning shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар