"Chikago Fayr" De Bryuyne bilan muzokaralar olib bormoqda

  • Mr.NoBoDy 03.05.2025 13:00
  • 75
  • 30

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

33 yoshli belgiyalik futbolchiga "Chikago Fayr" davogarlik qilmoqda. Amerika klubi futbolchi bilan muzokaralarni boshladi. Avvalroq, De Bryuynening mavsum yakunida "Siti"ni tark etishi malum bo'lgandi.

De Bryuyne joriy mavsum 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар