"Yaxshi o'yin bo'ldi. To'g'ri, birinchi bo'lib darvozamizdan to'p olib chiqdik, shunga qaramay, bo'shashmadik, g'alabaga ishongandik. Toshkentga 3 ochko ilinjida tashrif buyurgandik va uddaladik.
O'tkazib yuborilgan golda mening ham aybim bor. Maydonda harakat qilgan futbolchida xato uchrashi tabiiy hol. Shunday paytda ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligi kerak. Jamoadoshlarimga rahmat, ular goldan keyin dalda berib turishdi. Ularning yordami bilan ruhiy bosimni engib o'tdim.
Bu yilgi jamoamiz kuchli futbolchilardan tashkil topgan. Maqsadimiz – kamida kuchli beshlikka kirish. Oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi, biroq raqibga qarab o'tirmagan holda har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Xoh OKMK bo'lsin, hoh "Nasaf", uch ochko uchun harakat qilamiz", dedi 25 yoshli futbolchi.