"G'alaba qozonishga harakat qildik. Nafaqat bugun, balki har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bugun nasib qilmagan ekan.
Yo'q, mag'lubiyatimizga ehtiyotkorlikka berilish sabab deb o'ylamayman. Guvohi bo'ldingiz, hakamlar yo'q joydan penalti belgilashdi. O'zimiz ham bazi vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydik.
Mag'lubiyat keyingi tasir o'tkazmaydi. Jamoadagi ruhiyat mustahkam. Bunday holat futbolda uchrab turadi. Bugun g'alaba qozonsangiz, ertaga mag'lubiyatga uchrashingiz mumkin. Bu jihat bizga umuman tasir qilmaydi. Aksincha, bu bizga saboq bo'ladi", dedi 21 yoshli futbolchi.