Filippo Inzagi jamoasi B Seriyaning 37-turida "Bari"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1). Mag'lubiyatga qaramay, 72 ochkoga ega "Piza" tur yakunlariga ko'ra, uchinchi o'rindagi "Speciya"ning "Rejana"ga (1:2) mag'lubiyati evaziga ikkinchi o'rinni kafolatladi.
"Piza" so'nggi bor Italiya oliy divizionida 1990/91-yilgi mavsumda ishtirok etgan.
Avvalroq "Sassuolo" ham yuqori divizionga ko'tarilgandi - Fabio Grosso jamoasi 81 ochko bilan B Seriyada chempionat tugashiga uch tur qolganida peshqadamlik qilmoqda.