OFK kelasi U-17 Osiyo chempionatlari mezbonini malum qildi

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 11:40
  • 69
  • 30

Xabaringiz bor, shu yilning aprel oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan U-17 Osiyo chempionati O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun juda chiroyli kechib, futbolchilarimiz yakunda g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Musobaqa yakuniga etgach, oradan bir necha kun o'tib OFK Ijroiya qo'mitasi yig'ilish o'tkazdi hamda keyingi musobaqalar qaerda bo'lib o'tishini aniqlab oldi. 

Shunday qilib keyingi uchta U-17 Osiyo chempionati yana Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan bo'ldi. 2026, 2027, 2028 yilgi musobaqalar ham aynan Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. Mamlakat musobaqa mezbonligi uchun kurashda Xitoy va Iroqdan ustun keldi.

Albatta, Iroqda ketma-ket uch yil U-17 Osiyo chempionatini o'tkazish imkonsiz, chunki mamlakatdagi siyosiy vaziyat tez-tez o'zgarib turadi. Shu bois Iroq mezbonlik uchun kurashdan tez chiqdi, Xitoy bilan esa muzokaralar uzoq davom etdi. Natijada OFK har ikki tomon ko'nglini topib, qatorasiga uchta U-17 Osiyo chempionati mezbonligini Saudiya Arabistoniga, shuningdek, qatorasiga uchta U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini Xitoyga berdi.

Aprel oyida o'tkazilgan U-17 Osiyo chempionati mezbonligi hamda shu mamlakatda bo'lib o'tgan Elit OCHLning markazlashgan tartibdagi final bosqich o'yinlarining yuqori saviyada tashkil etilishi OFK rahbariyatida iliq taassurot qoldirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar