"Yamalga ikki baravar ko'proq etibor qaratamiz" - Simone Inzagi

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 12:56
  • 93
  • 30

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi ECHL yarim finali javob o'yinidan oldingi matbuot anjumanida "Barselona" etakchisi Lamin Yamal haqida gapirdi.

"Lamin Yamal? Biz u to'pni olishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishimiz kerak, ammo buning iloji yo'q.

Albatta, biz unga ikki baravar ko'proq etibor qaratamiz. U qo'riqlanadi va diqqat bilan kuzatib boriladi", – dedi "neradzurri" ustozi.

Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Inter" – "Barselona" uchrashuvi 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kataloniyadagi birinchi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar